Yangi tahrirdagi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun parlamentga kiritildi

Jamiyat

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “Davlat tili haqida”gi qonunning yangi tahriri kiritildi. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Hozirda masul qo‘mita tomonidan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlanmoqda. 

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi saylovoldi dasturidagi asosiy masalalardan biri sifatida ushbu qonun loyihasini jiddiy muhokama qilishga tayyorlanmoqda”, deydi Qodirov.

Shu bilan birga, bugungi kunda qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan “Normativ huquqiy xujjatlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasining 33-moddasida partiya fraksiyasining tashabbusi asosida O‘zbekiston Respublikasida barcha normativ huquqiy xujjatlarni o‘zbek tilida qabul qilinishi belgilanmoqda.

Avvalroq, Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova O‘zbekistonda davlat idoralarida ishni davlat tilida yuritmagan amaldorlarni jazolashni nazarda tutuvchi qonun loyihasiga munosabat bildirib chiqqandi.

Unga javoban O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov suveren davlat hududida til masalasi tartibga solinishi uning ichki siyosati masalalariga kirishini ta’kidlab o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun Davlat tili

Baholaganlar

145

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing