Yangi snayper miltig‘i Kimning sinovidan o‘tdi

Olam

image

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakchisi Kim Chen In Koreya xalq armiyasining maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘linmalari uchun mo‘ljallangan o‘quv bazasiga tashrifi chog‘ida yaqinda ishlab chiqilgan snayper miltig‘ini shaxsan sinab ko‘rdi. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, KXDR yetakchisi mamlakatda joylashgan, ammo aniq manzili oshkor qilinmagan harbiy bazada bo‘lib o‘tgan maxsus kuchlar o‘rtasidagi otishma musobaqalarini kuzatgan. U yerda Kim Chen In kuchli armiyani tashkil qilish kaliti uning salohiyatini mustahkamlashda ekanini ta’kidlagan.

“Maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘linmalarning salohiyatini mustahkamlash endilikda armiyaning strategiyasidagi asosiy yo‘nalishdir”, degan Shimoliy Koreya yetakchisi.

Maxsus kuchlar bazasiga tashrifi davomida Kim Chen In ushbu bo‘linmalar qurollanishi uchun mo‘ljallangan yangi snayper miltig‘ini shaxsan sinovdan o‘tkazgan. Janubiy Koreya OAVlariga ko‘ra, KXDR yetakchisining maxsus kuchlar bazasiga qilgan tashrifi Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi prezident Yun Sok Yolga nisbatan impichment qarorini chiqargani fonida amalga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In uchuvchisiz aviatsiya texnikasi birlashmasi hamda uning ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyati bilan tanishib, josuslik va kamikadze dronlarini sinovdan o‘tkazgandi. U mazkur dronlarning sinov jarayonlarini kuzatib, ularning harbiy samaradorligi va strategik qiymatini yuqori baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Kim Chen In KXDR snayper snayper miltig'i Koreya Xalq Demokratik Respublikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing