Yangi sanksiyalar paketi Rossiyadan ko‘ra Yevropaga ko‘proq zarar keltiradi – Vengriya 

Olam

image

Budapesht Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi kerak emasligiga ishonchi komil. Bu haqda Vengriya Tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Peter Siyyarto rossiyalik mavqedoshi Sergey Lavrov bilan uchrashuvdan so‘ng TASS agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Afsuski, Yevroittifoq joriy etgan sanksiyalarga hozircha professional baho va tahlillar o‘tkazilmagan. Yangi sanksiyalarni muhokama qilish har doim hissiy, siyosiy va mafkuraviydir. Agar biz sanksiyalarga pragmatik nuqtai nazardan qarasak, ular Rossiyadan ko‘ra Yevropaga ko‘proq zarar keltirayotganini ko‘ramiz”, degan Siyyarto.

Uning aytishicha, Vengriya Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketiga ehtiyoj sezmayapti. Siyyarto bir kun kelib Sharq va G‘arb o‘rtasidagi sivilizatsiyalashgan hamkorlikka qaytishga umid qilishini, iqtisodiyot sohasi vakillari ham xuddi shunday nuqtai nazarga ega ekanini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Peter Siyyarto oldinroq Yevropa Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bilan o‘zini yo‘q qilayotgani va ittifoqning sanksiya siyosati global sahnada kulgiga qolayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Evropa Ittifoqi sanktsiya Vengriya Budapesht Peter Siyyarto

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing