Yangi Rim papasining kimligi ma’lum qilindi
Olam
−
08 may 17197 1 daqiqa
Vatikandagi kardinallar Rim-katolik cherkovining yangi boshlig‘ini sayladi, u amerikalik Robert Prevo bo‘ldi. Bu haqda “Vatican News” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, u 267-papa bo‘lgan va Lev XIV nomini olgan.
Uning ismini Avliyo Pyotr sobori balkonidan Rim-katolik cherkovining kardinali – Dominik Mamberti qo‘ygan. Ruhoniy mashhur lotincha “Habemus papam ” (Bizning otamiz bor) shiorini aytgan. Lev XIV tarixda AQSHdan chiqqan birinchi Rim papasi bo‘ldi.
Rim papasi bir vaqtning o‘zida Muqaddas taxtning boshlig‘i va Vatikan shahar-davlatining boshlig‘i hisoblanadi.
Kardinallar konklavi papani konklav majlisining ikkinchi kuni, ovoz berishning to‘rtinchi turida sayladi.
Ma’lumot uchun, Lev XIV tarixda AQSHdan chiqqan birinchi Rim papasi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 may kuni Vatikanda Konklav ochilgandi – 133 kardinal yangi Rim papasini saylash uchun Sikstin kapellasiga yig‘ilishdi.
Bungacha Vatikanda Rim papasi Fransiskka tegishli bo‘lgan ikki hokimiyat ramzini bekor qilish jarayoni bo‘lib o‘tgan edi.
Rim papasi Fransisk (Xorxe Mario Bergolo) uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng joriy yilning 21 aprelda vafot etdi. Pontifik 88 yoshda edi. 2013 yilda u sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli taxtdan voz kechgan Benedikt XVI o‘rnini egalladi.