Turkiya 5 harbiysi uchun Asadning 101 askarini yo‘q qildi
Olam
−
11 fevral 2020
10043Turkiya harbiy kuchlari Suriyada Bashar Asad tuzumi nazoratidagi 115 ta nishonga zarba berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida Suriya hukumat armiyasining 101 nafar harbiysi halok bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb xabar berdi “Anadolu” agentligi.
Hujum rasmiy Damashq askarlarining Idlibdagi deeskalatsiya hududiga zarbasi va uning oqibatida 5 nafar turk harbiysining o‘ldirilishiga javob bo‘ldi. Yana 5 kishi tan jarohati olgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, turk harbiylari hujumi natijasida 3 ta tank va 2 ta artilleriya-minomyoti va 1 ta vertolyot yo‘q qilingan.
Avvalroq, Suriya hukumat qo‘shinlari Idlibdagi nazorat-kuzatuv punktiga artilleriya zarbasi berishi oqibatida turk harbiylari halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi