Yangi metro vagoni tomidan suv sizib chiqqani bo‘yicha izoh berildi
Jamiyat
−
14 noyabr 2020 8973 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda yangi metro vagoni tomidan suv tomchilari sizib chiqayotgani aks etgan video tarqaldi. Videodagi izohda bu yomg‘ir suvi ekani aytilgan.
“Toshkent metropoliteni” ushbu hodisa bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, holat vagon ichidagi iqlim tizimining drenaj teshigi tiqilib qolganligidan hosil bo‘lgan.
“Videolarda namoyish etilganidek, vagon saloniga tomdan sizib kirgan suv tomchilari bu yomg‘ir suvi emas, balki konditsioner tizimining kondensatidir”, deyiladi ma’lumotda.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda ushbu muammo bartaraf etilgan. Kelib chiqqan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr