Koronavirus: yangi kasallanish holatlari bo‘yicha ma’lumot berildi
Jamiyat
−
05 iyul 2020
200462020 yil 5 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9829 (+121) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 106 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 7 nafari Toshkent shahrida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 1 nafari esa Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Ayni paytda mamlakatda 6425 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.
Hozirda mamlakatda 3373 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 15 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi