Yangi direktor Davlat aktivlarini boshqarish agentligining qator mas’ullarini ishdan haydadi

Jamiyat

image

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov besh nafar hududiy boshqarma rahbarlarini ishdan oldi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qidinishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda agentlik markaziy apparati, tarkibiy bo‘linmalar va hududiy boshqarma boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarmay, faoliyatida o‘zi bo‘larchilik va sansalorlikka yo‘l qo‘ygan agentlikning Namangan, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmalari rahbarlari egallab turgan lavozimlariga noloyiq deb topilib, vazifalaridan ozod etildi.

Bundan tashqari, agentlikning Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari rahbarlariga ishdagi kamchiliklar uchun hayfsan e’lon qilindi.

Agentlik markaziy apparatining bir nafar boshqarma boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etildi va 6 ta departament boshlig‘iga ishdagi kamchiliklari ko‘rsatib o‘tilib, so‘nggi marotaba ogohlantirildi.

Barcha rahbarlar uchun bir oy sinov muddati belgilandi, ishda o‘zgarish qilmagan rahbar va xodimlar egallab turgan lavozimidan ozod etilishi belgilab olindi.

Eslatib o‘tamiz, Akmalxon Ortiqov joriy yilning 21 dekabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Akmalxon Ortiqov

Baholaganlar

341

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing