Akmalxon Ortiqov sudi ham yopiq eshiklar ortida o‘tkaziladigan bo‘ldi

3-sahifa

image

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining sobiq rahbari Akmalxon Ortiqov va yana 5 kishiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisi yopiq o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Telegram-kanalida rasmiy bayonot berildi. 

Unda qayd etilishicha, jinoyat ishida shaxsiy hayotga oid hamda qonun bilan muhofaza etiladigan boshqa ma’lumotlar mavjudligidan kelib chiqib, sud ajrimlariga asosan, jarayon yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishi belgilangan. 

6 yilga yaqin Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimida ishlagan 46 yashar Akmalxon Ortiqov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a”, “v” va “g” bandlari, ayni shu moddaning 3-qismi “a” va “v”, 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) 2-qismi “a” va “b” bandlari, 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) 1-qismi, ayni shu moddaning 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan javobgarlikka tortilgan. 

Shuningdek, ushbu ish bo‘yicha yana 5 kishi – Ziyoviddin Jabbarov, Zuxriddin Nig‘monxonov, Ravshan Xalitkariyev, Saidjon Saidov, Shermatjon Jo‘rayev sudlanmoqda. 

Eslatib o‘tiamiz, joriy yilning 27 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari “O‘zbekneftgaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani, milliard-milliard so‘mlik talon-torojliklar aniqlanganini aytgandi. Shu bois, agentlik direktori Akmalxon Ortiqov ishdan olinganini bildirgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing