Davaktiv binosi 251,6 mlrd sömga sotildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 9 noyabr kuni “E-auksion” elektron platformasida Davlat aktivlarini boşqariş agentligining Toşkent şahri Mirobod tumanida joylaşgan ma’muriy binosini sotiş böyiça auksion savdolari bölib ötdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, ob’ektning boşlanğiç qiymati 165,5 mlrd söm bölgan va 251,6 mlrd sömga sotilgan. Şu tariqa, yakuniy narx boşlanğiç narxdan 52 foizga kötarilgan.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligining ma’muriy binosi ilk bor oçiq auksion savdolariga 2025 yilning avgust oyida 165,5 mlrd söm boşlanğiç narx bilan qöyilgan. Sotuv vazirliklar, idoralar va ularning böysunuvidagi taşkilotlarni Yangi Toşkentga köçiriş dasturi doirasida amalga oşirilmoqda, uşbu dastur poytaxtdagi 83 ta köçmas mulk ob’ektini sotişni nazarda tutadi.

Bugungi holatga köra, Toşkentda vazirlik va idoralarning umumiy summasi 1 120,4 mlrd sömlik 8 ta ma’muriy binosi sotib bölingan. Yana 11 ta ob’ekt umumiy boşlanğiç qiymati 1 020,5 mlrd söm bilan savdolarga çiqarilgan. Böşatilayotgan ma’muriy binolarni sotişdan tuşadigan mablağlar Yangi Toşkentda yangi ma’muriy infratuzilmani qurişga yönaltiriladi.

“Şunday qilib, davlat köçmas mulk ob’ektlarini oçiq elektron savdolar orqali realizatsiya qiliş jarayonning şaffofligini ta’minlaş hamda olingan mablağlarni davlat organlarining zamonaviy infratuzilmasini şakllantirişga yönaltiriş imkonini beradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 26 oktyabr kuni Toşkent şahri Yunusobod tumanida joylaşgan aerogeodeziya markazi binosi 213,09 mlrd sömga sotilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing