Sohibjon Murodov Davaktivga direktor bo‘ldi
Jamiyat
−
09 fevral 1449 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Sohibjon G‘ofurjonovich Murodov O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Sohib Murodov 1987 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2010 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini, 2015 yilda Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Rakat filiali jamg‘arma kassa kassiri sifatida boshlagan. U 2013-2017 yillar davomida Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i v.v.b lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, 2017-2021 yillar oralig‘ida Hisob palatasi yetakchi inspektori, bosh inspektor vazifasini bajargan. U 2021 yildan beri “Elektron onlayn-ausionlarni tashkil etish markazi” AJ direktori sifatida faoliyat yuritayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 yanvar kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligining avvalgi direktori Akmalxon Ortiqov ishdan olingandi. Mazkur agentlikning mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 milliard so‘mlik yer uchastkasini yopiq auksionga chiqarib, 120 milliard so‘mga sotib yuborgani aniqlangan. Komplayens xizmati, Davlat xavfsizlik xizmatiga Davlat aktivlari agentligining mansabdorlariga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov guruhiga Xavfsizlik xizmatining iqtisodiy masalalarga mas’ul tuzilmalaridan ham mutaxassislarni jalb qilish topshirilgan.
Live
Barchasi