“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi sotildi

Jamiyat

image

“Poytaxt qurilish va xizmat” MCHJning hisobida turuvchi “Hyatt Regency Tashkent”  mehmonxonasining 100 foiz davlat ulushi 87 million dollar evaziga “Abu Dhabi Uzbek Investment” MCHJ qo‘shma korxonasiga sotish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, sotuv jarayonida “KPMG Valuation and Consulting” MCHJ xalqaro konsalting kompaniyasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xususiylashtirish bo‘yicha konsultanti vazifasini bajargan. Aksiyalar paketini mustaqil baholash xalqaro baholovchi kompaniya – "PricewaterhouseCoopers" MCHJ tomonidan amalga oshirilgan.

Xalqaro konsultant va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan xususiylashtirish jarayoni doirasida ham mahalliy, ham xalqaro darajada keng ko‘lamli marketing ishlari amalga oshirilgan. Jumladan, investitsiya tizerlari konsultantning dunyodagi mintaqaviy ofislar tarmog‘i orqali turli xorijiy investorlarga yuborilgan.

Natijada, Amerika, Osiyo, Yevropa va O‘zbekistondagi investorlardan sotib olish bo‘yicha 5 ta ariza kelib tushgan. Shundan so‘ng, sotib olishga da’vogarlar orasida  “go‘zallik tanlovi” o‘tkazilgan, ya’ni  takliflar orasida eng ma’qulini tanlab olish jarayoni boshlangan. Xaridorlar ichida “Abu Dhabi Uzbek Investment”ning  takliflari boshqalarnikidan afzalroq ko‘rilgan.

Ta’kidlanishicha, “Abu Dhabi Uzbek Investment”  mehmonxonani xarid qilish uchun kelishilgan puldan tashqari, 12 million dollarlik ivestitsiya kiritish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.

Oldi-sotdi shartnomasi Bitimning tegishli shartlari kelishilganidan so‘ng, “Poytaxt qurilish va xizmat” MCHJ va “Hyatt International” o‘rtasida 2013 yilda tuzilan shartnomaga muvofiq Hyatt International Limited (Europe Africa Middle East) xalqaro mehmonxona boshqaruvi tarmog‘i tomonidan g‘olib ma’qullangandan keyin imzolanadi.

Ma’lumot uchun, “Abu Dhabi Uzbek Investment” (BAA-O‘zbekison) 1 milliard AQSH dollariga teng kapitalga ega bo‘lgan investisiya kompaniyasi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Abu Dhabi Uzbek Investment” “Hyatt Regency Tashkent”

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing