Endi kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi

Jamiyat

−

image

Davlat dasturlari doirasida kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi. Bu haqda kecha, 15 noyabr kuni “Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024–2026 yillarda:

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan:

  • kichik tadbirkorlarga ajratiladigan kredit qoldig‘i 1,7 baravarga oshirilib, ularning kredit portfelidagi ulushi 28 foizdan 43 foizga yetkaziladi;
  • kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 800 million AQSH dollarigacha resurs jalb qilinadi;
  • 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi;
  • 150 mingta kichik tadbirkorlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan:

  • kichik va o‘rta tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmi 8 trillion so‘mdan 14 trillion so‘mga yetkaziladi;
  • 150 ta o‘rta biznes korxonasiga ulush kiritiladi va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyiha tadbirkorlarga sotiladi;
  • o‘rta tadbirkorlar soni 2,5 baravarga oshiriladi;
  • 300 million AQSH dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)lar xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqariladi.

2023 yil 15 dekabrgacha hududlar va davlat dasturlari yo‘nalishlari kesimida 2024 yilda 2 million aholini biznesga jalb qilishning maqsadli ko‘rsatkichlari tasdiqlanadi.

2024 yil 1 iyuldan davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan kreditlardan samarali foydalanish uchun kredit ajratishning barcha bosqichlari elektron platformalarda amalga oshiriladi.

2024 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha davlat xaridlari maxsus axborot portalida davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil qilingan kichik tadbirkorlarga o‘zlari ishlab chiqargan tovarlarni davlat buyurtmachilariga bir yilda 10 milliard so‘mgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotishga ruxsat beriladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing