Yangi Cobalt bir oy o‘tib, buzildi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tekshiruv boshladi (video)

Jamiyat

Ijtimoiy tarmoqlarda namanganlik fuqaroning mutasaddi tashkilotlarga yo‘llagan videomurojaati tarqaldi. Unda o‘zini Rahmonov Mirsaid deb tanishtirgan fuqaro joriy yilning 14 iyul kuni Chustdagi avtosalondan Cobalt rusumli yangi avtomobil sotib olganini aytgan. Fuqaroning aytishicha, birdan so‘ng yangi avtomobil yurmay qolgani sababli Chust avtosaloniga olib borgan.

“Olib kelganimdan keyin, tegishli mutaxassislar ishtirokida ochib ko‘rishdi. Natijada 4 ta porshen singani aniqlandi. Ular menga mashinani “O‘zingiz ta’mirlab olasiz. Biz buning kafolatini olmaganmiz. Bu benzindan”, deb menga og‘zaki javob berishdi”, deydi fuqaro.

Fuqaro Rahmonov yonilg‘ini davlat standartidan o‘tgan AYOQSdan olganini ma’lum qilgan. Avtosalon mutasaddilari esa, buning kafolatlamasligini aytgan.

Shundan so‘ng, fuqaro avtosalon yozma javob berishi uchun murojaat yo‘lagan. Ammo oradan besh kun o‘tsa ham javob bo‘lmagan.

Fuqaro esa avtosalon ishonch raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. Ulardan “murojaatga javob berish 10-15 kun vaqt oladimi”,  deb so‘ragan. Ammo bu savoliga aniq javob ololmagan.

Mazkur holat yuzasidan Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi qanday chora ko‘rayotganini bilish uchun ular bilan bog‘landik. Qo‘mita Matbuot kotibi Manzura Hasanova holat yuzasidan tashkilotning Namangan viloyati boshqarmasi tekshiruv boshlaganini ma’lum qildi.

“Namangan boshqarmasi surishtira boshladi. Biz video muallifi va mashina egasini topishimiz kerak. Shug‘ullanyapmiz”, dedi Hasanova.

Avvalroq, yangi Lacetti avtomobili 6 oy o‘tib, 30-40 yil minilgan ulovga o‘xshab qolgani haqida xabar bergan edik. Mashinaning bo‘yog‘i oltin oyga ham bormay, ko‘chib tusha boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi Cobalt

Baholaganlar

468

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing