“Yangi Angren” IESda yong‘in yuz berdi
Jamiyat
−
31 yanvar 2020
6182Kecha, 30 yanvar kuni soat 11:40 da “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasida elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 4-sonli energoblokdagi qozon agregatining tom qismida yong‘in yuz bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgandi.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur yong‘in yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
“30 yanvar kuni “Yangi Angren” issiqlik elektr stansiyasi bo‘limlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in-qutqaruv guruhlari tomonidan alanga o‘z vaqtida o‘rab olindi va qisqa muddat ichida to‘liq bartaraf etildi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, yong‘indan elektr stansiyaning quvvat bloklariga zarar yetmagan va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan. Hozirda korxona o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda. Yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
LiveBarchasi