Yangi hind kinosi Pokistonga yoqmayapti
Olam
−
18:01 2784 1 daqiqa
Bollivudda suratga olingan maxfiy josuslar haqidagi yangi film Pokistonda siyosiy bahslarga sabab bo‘ldi. Bu haqida Pokistondagi manbalariga tayanib, “Al Jazeera” xabar bermoqda.
“Dhurandhar” (“Jangchi”) filmi Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskin munosabatlarni real holatga yaqin rakursda tasvirlagani sababli e’tibor qozondi.
Film 3,5 soat bo‘lib, u tomoshabinlarni mafiya va razvedka xodimlari dunyosiga olib ketadi. Voqealar hind maxsus xizmati xodimining Pokistondagi yashirin faoliyati, qurolli guruhlar ichiga suqilib kirib olishi va ularga qarshi kurashiga bag‘ishlanadi. Pokiston tomoni esa yaqin yillarda sodir bo‘lgan ayrim real voqealar kino talqinida boshqa ma’noni anglatishi, kinoda millatchilik bo‘rtib turishi va tarix noto‘g‘ri talqin qilinganini aytmoqda.
Film fantastika janrida suratga olingan, deb aytilishiga qaramay, odamlar ekranda hind maxsus xizmati strateglarining hozirgi siyosiy qarashlarga yaqin bo‘lgan faoliyatini, tahlillarini ko‘rishadi. Dekabr oyi boshida prem’erasi o‘tkizilgan mazkur kartina ayni paytda Hindistonda eng kassabop filmlar reytingida kuchli uchlikka kirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Hindiston bilan cheraga jangovar tanklar yuborayotgani xabar qilingan edi.
Live
Barchasi