Yangihayotda “Gazel” va Spark to‘qnashdi

3-sahifa

image

28 dekabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanida "Gazel" va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Unga ko‘ra, bugun soat 04.55 lar atrofida Yangihayot tumani Qipchoq-Sofdil ko‘chalari kesishmasida 1987 yilda tug‘ilgan F.R.ga tegishli "Gazel" va 2000 yilda tug‘ilgan D.M. boshqaruvidagi Spark  rusumli avtomobil to‘qnashib ketgan.

Oqibatda  Spark  avtomashinasi haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

"Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.

Eslatib o‘tamiz,  29 noyabr kuni Toshkent shahrida Mercedes-Benz rusumli avtobus va MAN yuk avtomobili to‘qnashishi oqibatida 3 nafar yo‘lovchi jarohatlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Spark Gazel' IIBB YHXB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing