Yangihayotda 10 kun “svet” bo‘lmaydimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi qator hududlarda 10 kun davomida elektr energiyasi bo‘lmasligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari filiali munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ayni vaqtda “O‘zgarish” podstansiyasida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Ishlar doirasida podstansiyadagi T-2 transformatori zamonaviy yangi transformatorga almashtiriladi.

Ta’mirlash ishlari davomida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashda uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida yuklama T-1 transformatoriga o‘tkaziladi.

Shu sababli, rejalashtirilgan ishlar tufayli iste’molchilar 10 kun davomida elektr energiyasisiz qolishi haqidagi ma’lumot noto‘g‘ri ekani ta’kidlangan.

Biroq yuklama miqdori texnik jihatdan ruxsat etilgan chegaradan oshib ketgan taqdirda, tarmoqning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash maqsadida qisqa muddatli cheklovlar joriy etilishi mumkin.

Modernizatsiya ishlari yakunlangach, podstansiyaning ishonchliligi va elektr ta’minoti barqarorligi yanada oshirilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing