“Yandeks” videolar yaratish xizmatini yo‘lga qo‘yadi

Texnologiya

image

Ayni paytgacha faqat rasm va matnlar ustida ishlash funksiyasiga ega bo‘lgan Yandeks ilovasi endi imkoniyatlarini videolar yaratish xususiyati bilan kengaytirmoqchi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.  

Bunda video yaratish uchun neyron tarmoqqa matnli so‘rov yuborish kerak. Ushbu so‘rovga javoban tarmoq birinchi kadr uchun to‘rtta variantni taklif qiladi. Foydalanuvchi esa ulardan birini tanlashi kerak. Shundan so‘ng, u ushbu suratning o‘zgartirilgan versiyalari to‘plamini “chizadi”, so‘ng unga tanlangan effektni qo‘shadi. 

Neyron tarmoq alohida tasvirlarni hosil qiladi, keyin ular soniyasiga 24 kadr tezlikda videoga birlashtiriladi. Yakunda esa davomiyligi to‘rt soniyani tashkil etuvchi video tayyor bo‘ladi. Videoni do‘stlarga jo‘natish, musiqiy video yoki animatsiyali avatar sifatida ishlatish uchun MP4 formatida saqlash mumkin.

“Funksiya hali sinovdan o‘tkazilmoqda, shuning uchun nashr vaqtida undan faqat eng faol foydalanuvchilar bahramand bo‘lishi mumkin”, deb yozilgan ilovada. 

Eslatib o‘tamiz, “Huggingface” platformasi rasm yuklaganda 30 soniyada suratga asoslanib, hikoya yozib beruvchi neyron tarmog‘ini ishga tushirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Yandeks funktsiya videolar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing