Yana soxta Milliy gvardiya xodimi ushlandi

3-sahifa

image

Kecha, 17 mart kuni Toshkentning "Eski Juva" bozorida Milliy gvardiyaning dala kiyimida yurgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur shaxs aslida Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi 27 yoshli fuqaro M.A. bo‘lib, u Toshkent shahar 1-sonli ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishi aniqlangan.

Ushbu fuqaro Shayxontohur tumani IIB mas’ul xodimlariga topshirilgan. Uning soxta guvohnomasi va harbiy kiyim-kechaklari olib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 mart kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan 8-sonli maktabga  kirishga uringan Milliy gvardiya “xodimi” ham soxta bo‘lib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy gvardiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing