Yana Samarqand! Haydovchilardan ulush undirib kelgan to‘da ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida noqonuniy avtoturargoh tashkil etib, haydovchilardan ulush olib kelganlar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi hamda DXX hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Ishtixon tumanida yashovchi O.R., Sh.A., A.Q, va S.M. qo‘lga olingan. Ular Ishtixon shahri “O‘zbekiston” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 yo‘lining “Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida noqonuniy tashkil etilgan avtoturargohda haydovchilardan zo‘rlik ishlatib tamagirlik yo‘li bilan ulush olib kelgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqand shahrida “Samarqand-Navoiy” va “Samarqand-Buxoro” yo‘nalishida qatnovchi haydovchilardan tamagirlik qilib kelgan jinoiy to‘da ushlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing