Samarqandda haydovchilardan “dolya” undirib kelgan to‘da ushlandi
3-sahifa
−
19 fevral 2022 12101 1 daqiqa
Joriy yilning 16 fevral kuni Samarqandda taksi haydovchilaridan tamagirlik qilib kelgan jinoiy to‘da faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda viloyat IIB xabar bergan.
Aniqlanishicha, Samarqand shahrida yashovchi muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilgan 7 nafar shaxslar “Samarqand-Navoiy” va “Samarqand-Buxoro” yo‘nalishida qatnovchi haydovchilardan zo‘ravonlik va tovlamachilik yo‘li bilan, doimiy yo‘nalishda taksichilik qilish uchun 300-500 AQSH dollari hamda kunlik qatnovchi haydovchilardan 30 000-50 000 so‘mgacha pul mablag‘larini tamagirlik yo‘li bilan undirib kelgan.
Jinoiy guruh a’zolarining faoliyatiga qarshi chiqqan yoki so‘ralgan pul mablag‘larini bermagan fuqarolarga nisbatan guruhga yollangan bir guruh uyushgan sportchilar orqali jismoniy tazyiq, zo‘ravonlik va og‘ir turdagi tan jarohatlari yetkazib kelishgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda guruh yetakchilari “V.F.” va “E.D.” tadbirga jalb qilingan fuqarolarga tovlamachilik qilayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqarolar “V.F.” va “E.D.”ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Live
Barchasi