Yana ikki o‘zbekistonlik Turkiyadagi vayronalar ostidan omon chiqdi
Olam
−
08 fevral 2023
14937Turkiyada sodir bo‘lgan mudhish zilzilalar vayronalari ostidan yana ikki o‘zbekistonlik omon chiqdi. Bu haqda O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi xabar berdi.
1982 yil Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan fuqaro Asal Shotirbekova Hatay viloyatida binolar orasidan qutqarib chiqarilgan. Hozirda ilk yordam ko‘rsatilmoqda.
Shuningdek, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro Akramjon Hoshimov Malatya viloyatida vayronalar ostidan qutqarib chiqarilgan va hozirda Medipol Mega shifoxonasida davolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 fevral kuni Turkiyadagi tabiiy ofat oqibatida 1 nafar o‘zbekistonlik fuqaro vafot etgani, 15 nafar fuqaro qidirilayotgan, ulardan 2 nafari bilan aloqa o‘rnatilib, 13 nafarini qidiruv ishlari davom etayotgani xabar qilingan edi. Bugun, 8 fevral kuni zilzila markazi bo‘lgan Qahramonmarash viloyatida bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik Rashid Anvar o‘g‘li Boybekov topilgan.
LiveBarchasi