Yana ikki hududda metan “zapravka”lar faoliyatiga cheklovlar qo‘yildi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Surxondaryo viloyatida ham avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining ish soatlariga cheklovlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” va Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Bildirilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “metan zapravka”larda tun-u kun rejimidan soat 6:00 dan 15:00 gacha ishlash rejimiga o‘tilmoqda. Mazkur cheklovdan respublika hududida 9-14 dekabr kunlari havo keskin sovib ketishi munosabati bilan iste’molchilarning tabiiy gazga talabi ortib, magistral tarmoqlarda gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsad qilingan.

Surxondaryoda esa metan gaz quyish shoxobchalari soat 8:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.

“Bundan maqsad – birinchi navbatda tabiiy gaz yetkazib berilishi muhim hisoblangan aholi, shifoxona, maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti kabi ahamiyatga ega muassasalarning tabiiy gaz ta’minotida barqarorligini ta’minlashdan iborat”, deyiladi hokimlik xabarida.

Shuningdek, "Hududgaz Surxondaryo" gaz ta’minoti filiali tabiiy gazdan debitor qarzdorligi mavjudligi sababli viloyatdagi 28 ta metan gaz quyish shoxobchalari tarmoqdan vaqtincha uzilganini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Andijon viloyatida ham “metan zapravka”lar soat 06:00 dan soat 15:00 ga qadar faoliyat yuritishi e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo Qoraqalpog'iston metan zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made