Yana bir viloyat “yashil“ hudud maqomini olishga yaqin
Jamiyat
−
11 may 2020
25935Samarqand va Farg‘ona viloyatida 23 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 11 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
“Samarqand viloyatida 14 nafar, Farg‘ona viloyatida 11 nafar, jami 25 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (9 nafari Toyloq tumanidan, 3 nafari Samarqand shahridan va 2 nafari Oqdaryo tumanidan) bo‘lib, barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 70 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 8 yoshda. Ayni paytga qadar ushbu viloyatda 80 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 94 nafarga yetdi.
Farg‘onada tuzalganlarning ham barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Oltiariq tumanidan, 4 nafari Quva tumanidan, Marg‘ilon shahri va Rishton tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, ulardan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 8 nafari Rossiyadan kelishgan va karantinga olingan. Infeksiya aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlarning barchasi erkak bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 45 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 28 yoshda.
Farg‘onada shu paytga qadar 139 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 150 nafarga yetdi. Ta’kidlash joiz, hozirgacha ushbu hududda 158 ta holatda koronavirus qayd etilgan bo‘lsa, bir nafar vafot etgan bemordan tashqari, ayni paytda 7 nafar bemor davolanmoqda. Shunday qilib, ushbu viloyat koronavirusdan holi hudud maqomini olishga juda yaqin turibdi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar 1945 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda koronavirus aniqlanganlar soni 2435 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi