Yana bir vazirning o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Rahimovich Salomov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘ktam Salomov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilingan.

O‘ktam Salomov 2020 yilning 30 iyunida Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektorligidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi. U muqaddam Andijon mashinasozlik instituti rektori bo‘lib ham ishlagan.

Avvalroq, Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirlarining o‘rinbosarlari lavozimidan olingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

O'ktam Salomov

Baholaganlar

261

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing