Oliy ta’lim vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
30 dekabr 2025 4396 1 daqiqa
Bugun, 30 dekabr kuni Prezident qarori bilan O‘ktam Rahimovich Salomov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, O‘ktam Salomov 1977 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Fizika fanlar doktori (DSc). Fizik-olim Andijon mashinasozlik instituti va Turin politexnika universitetlarida rektor, hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari kabi lavozimlarda samarali mehnat qilgan.
U tayinlovga qadar Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Live
BarchasiMen diktatorman – Tramp
10:14