Oliy ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
04 aprel 2024 8885 1 daqiqa
Avvalroq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari va vazirning innovatsiya bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi. Endilikda ularning o‘rniga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Bildirilishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Shohrux Hojiakbarovich Daliyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga esa Otabek Muxtorovich Mahkamov tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Shohrux Daliyev shu paytgacha Vazirlar Mahkamasining ta’lim va ilm-fan masalalariga mas’ul departament va kotibiyatlarida o‘rta maxsus, professional ta’lim, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim hamda oliy ta’lim ilm-fanini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimlarida faoliyat yuritib kelayotgandi. Otabek Mahkamov esa bunga qadar Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Davlat boshqaruvi akademiyasida uzoq yillar kafedra mudiri, dekan kabi lavozimlarda ishlagan, so‘nggi vaqtlarda Prezident Administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlayotgandi.
Live
Barchasi