Turin universiteti rektori vazirga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘ktam Rahimovich Salomov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘ktam Salomov 1999 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Issiqlik fizikasi bo‘limi aspiranturasini, 2004 yilda Per va Mariya Kyuri nomli Parij universiteti aspiranturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Fanlar akademiyasining Issiqlik fizika bo‘limida boshlagan. Turin politexnika universitetida ham turli lavozimlarda ishlagan.

Bugungacha O‘ktam Salomov Toshkentdagi Turin politexnika universiteti rektori bo‘lgan. Undan avval esa Andijon mashinasozlik instituti rektori vazifasini bajargan.


Maqola muallifi

Teglar

O'ktam Salomov

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing