Yana bir o‘zbekistonlik jangchi Abu-Dabidagi turnirda oktagonga chiqadi
Sport
−
14 may
3209Yarim og‘ir vazn toifasida UFC jangchisi Bogdan Guskov o‘zining navbatdagi jangini rossiyalik Nikita Krilovga qarshi o‘tkazadi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 2025 yilning 26 iyun sanasida Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC Fight Night turniri doirasida Bogdan Guskov va Nikita Krilov o‘zaroq to‘qnash keladi.
Ma’lumot o‘rnida, Guskov oxirgi jangida 2025 yilning yanvar oyida o‘tkazgan va o‘shanda Billi Elekanani bo‘g‘isht uslubi orqali mag‘lub etgandi. Krilov esa so‘nggi jangini joriy yilning aprel oyida o‘tkazgan va o‘shanda Dominik Reyesga nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, yana bir o‘zbek jangisi Ramazon Temirov Abu-Dabidagi turnirda oktagonga ko‘tarilishi haqida xabar berilgan edi. O‘sha kuni u qozog‘istonlik Asu Almabayevga qarshi jang qiladi.
LiveBarchasi