Yana bir o‘zbekistonlik Turkiyada vafot etdi

Jamiyat

image

47 yashar O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda. 

“Bosh konsulxona ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar kuni Istanbul shahrida 1974 yil 11 iyunda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Ch.R. yurak yetishmovchiligidan vafot etgan”, deyiladi rasmiy xabarnomada.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 yanvar kuni Turkiyaning Izmir viloyati Qarshiyaka tumanida 18 yashar o‘zbekistonlik ayol o‘ninchi qavatdan o‘zini tashlab, halok bo‘lgan edi. 

Bosh konsulxona yuqoridagi ikki holatni nazoratga olib, Turkiyaning vakolatli idoralari bilan aloqada bo‘lib turibdi. 

Ta’kidlanishicha, vafot etganlarning jasadlarini O‘zbekistonga dafn etish uchun yuborishni tashkil qilishda marhumlarning yaqinlariga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatilgan.  

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi hamda Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarur holatlarda Anqara shahridagi O‘zbekiston elchixonasiga (tel.: +90-312-441-38-71, +90-312-441-17-46) va Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga (tel.: +90 212-323-20-36, +90 212-323-20-37) murojaat qilishlari mumkinligini eslatadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul

Baholaganlar

475

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing