Yana bir o‘zbekistonlik sportchi UFC bilan shartnoma tuzdi

Sport

image

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Zarruh Adashev UFC bilan shartnoma imzoladi. Uning debyut jangi 14 iyul kuni Las-Vegasda (AQSH, Nevada) bo‘lib o‘tadi. 27 yoshli Adashevning raqibi amerikalik Tayson Nam bo‘ladi. U bugungacha 18 marta g‘alaba qozonib, 11 marta mag‘lub bo‘lgan.

Zarrux Adashev UFC’dagi o‘zbekistonlik ikkinchi jangchi bo‘ldi. U shu oyda Ultimate Fighting Championship bilan shartnoma imzoladi. Adashevdan oldin, tashkilot bilan shartnoma o‘tgan yilning kuzida Mahmud Murodov tomonidan imzolangandi. 

Adashev 2015 yilda Aralash jang san’ati bo‘yicha ROC da debyut qilgan. Ammoilk jangda Kodi Muneyga mag‘lub bo‘lgan.

2018 yilda u Bellator homiyligida Kristian Medina bilan jangda muvaffaqiyatli qozondi, keyinroq 2019 yilda u Roni Arana Leonni mag‘lub etdi.

Umuman olganda, o‘zbekistonlik jangchi o‘zining professional karerasida 16 ta jang o‘tkazgan, 13 tasida 13 g‘alaba (5 KO) va 3 tasida yutqazgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Zarruh Adashev

Baholaganlar

447

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing