Yana bir o‘zbekistonlik koronavirusdan vafot etdi
Jamiyat
−
18 may 2020
17758O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda bugun,18 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, samarqandlik fuqaro I. (erkak) shu yilning 14 may kuni og‘ir ahvolda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqiziladi. O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda “COVID-19” infeksiyasi ham aniqlangan.
Shundan keyin bemorga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan. Bemor uzoq vaqt davomida jigar sirrozi tashxisi bilan davolanib kelgan. Bundan tashqari, unda semizlik, anemiyaning og‘ir darajasi kabi qator hamroh kasalliklar ham mavjud bo‘lgan.
Klinikada bemorga mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar asosida reanimatsion yordam ko‘rsatilgan. Vazirlikning turli yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar ham o‘tkazilib, doimiy nazorat ta’minlangan. Biroq ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor yurak qon-tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.
Shunday qilib, Respublikada ushbu kasallikdan vafot etganlar soni 13 nafarga yetdi.
LiveBarchasi