Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Yevropaga yo‘l olishi mumkin

Sport

image

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi va “Surxon” klubining 20 yoshli futbolchisi Asilbek Jumayevga bir qator Yevropa klublaridan qiziqish bor. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yosh futbolchiga Portugaliya, Belgiya va Rossiya klublari “og‘iz solmoqda”. Tez orada unga e’tibor qaratayotgan klublar nomi oshkor bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, Jumayev joriy mavsum klubi bilan 17 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 1 ta assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boshqa bir o‘zbekistonlik yosh futbolchi Muhammadali O‘rinboyev Toshkentning “Paxtakor” klubidan Belgiyaning “Antverpen” klubiga ko‘chib o‘tgandi. O‘zbekistonlik futbolchi klub bilan 4 mavsumga mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxon Asilbek Jumaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing