Ortiqxo‘jayevning “sherlar”i yana chempion bo‘ldi
Sport
−
24 noyabr 2023
17967Bugun, 24 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 25-turida Toshkent shahrining “Paxtakor” klubi Surxondaryo viloyatining “Surxon” jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv 1:2 hisobida toshkentliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida har ikki klubning ham darvozasiga to‘p kiritilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa “sherlar” hisobni ochdi, 53-daqiqada Dilshod Saidov o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Bahsning 66-daqiqasida Azizbek Turg‘unboyev hisobni 0:2 ko‘rinishiga keltirdi.
“Surxon” futbolchilari 72-daqiqaga kelibgina hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi, bu golga Silvanus Nimeli mualliflik qildi. Qolgan daqiqalarda hisob o‘zgarmadi va “Paxtakor” g‘alabaga erishdi.
Toshkent klubi shu tariqa ochkolari sonini 53 taga yetkazib olgan holda o‘z nomiga muddatidan oldin 2023 yilgi mavsum chempionligini rasmiylashtirib qo‘ydi.
“Paxtakor” bu orqali 2024/25 yilgi yangilanayotgan Elit Osiyo chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu yangicha musobaqa bo‘lib, unda qit’aning eng kuchli 24 ta klubi ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, “Paxtakor” 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019, 2020, 2021, 2022, 2023 yillarda – umumiy hisobda 16 bor O‘zbekiston chempioni bo‘ldi.
LiveBarchasi