O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Shotlandiyada davom ettirishga yaqin turibdi

Sport

image

O‘zbekistonning “Surxon” klubi a’zosi Dostonbek Tursunov Shotlandiya klubiga o‘tadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Surxon” klubining Xitoydagi yig‘inida Tursunov ko‘pgina Yevropa skautlari e’tiboriga tushgan. Jumladan Shotlandiyaning “Livingston” futbol klubi Dostonbek Tursunovga qiziqish bildirib, ko‘rikdan o‘tish uchun futbolchini o‘z safiga taklif qilgan. 

Hozirda Tursunov “Lingviston” klubi qarorgohida bo‘lib turibdi. Klub o‘tgan mavsum Shotlandiya oliy ligasida 6-o‘rinni egallagan. Agar Tursunov ko‘rikdan o‘ta olsa, u Shotlandiya chempionatidagi birinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylanadi.

Aytish joiz, Shotlandiya “Seltik” va “Glazgo Reynjers” kabi grand jamoalarga ega. Ular ham aynan mamlakat oliy ligasida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxon Dostonbek Tursunov Lingviston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing