Yana bir top futbolchi Saudiya klubiga o‘tmoqda

Sport

image

Jazoir terma jamoasi va Angliyaning “Manchester Siti” klubi a’zosi Riyod Mahrez Saudiya Arabistonining “Al Ahli” klubiga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Sports Zone” xabar berdi.

“Al-Ahli” Mahrezga yillik maoshi taxminan 25 million yevro bo‘lgan shartnoma taklif qildi, futbolchi esa transferga rozi bo‘ldi.

Qayd etilishicha, “Man Siti” ham saudiyaliklar taklifini qabul qiladi va Mahrez “Al-Ahli”ga o‘tadi. 

Mahrez 2022/23 yilda “Siti” safida 47 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jazoirlik futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Al-Ahli” iyun oyi oxirlarida “Chelsi”dan darvozabon Eduard Mendini o‘z safiga qo‘shib olgandi. Iyul oyi boshida esa klub “Liverpul” a’zosi Roberto Firmino transferini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Riyod Mahrez

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing