Yana bir shahzodada koronavirus aniqlandi

Olam

image

Belgiya shahzodasi Ioaximda koronavirus aniqlandi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin cheklovlari paytida shahzoda Ispaniyaga tashrif buyurgani aniqlangan. Virusni ham o‘sha yerda yuqtirib kelgani taxmin qilinmoqda.

Ta’kidlanishicha, 28 yoshli Ioaxim joriy yilning 26 may kuni ish uchun Ispaniyaga kelgan. Ikki kun o‘tgach, Belgiya qiroli Filippning farzandi Kordobadagi ziyofatga tashrif buyurgan.

Ispaniya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ziyofatda 27 kishi bo‘lgan, bu o‘z-o‘zini izolyatsiya qilish rejimining buzilishi hisoblanadi. Mahalliy qonunlar kompaniyalarga 15 kishidan ko‘p bo‘lmagan odamni yig‘ishga ruxsat beradi.

O‘z navbatida, Belgiya OAV bu ziyofatda 10-12 nafardan ortiq odam ishtirok etmaganini iddao qilmoqda. Ispaniya politsiyasi allaqachon tekshirishni boshlagan. O‘zini izolyatsiya qilish qoidalarini buzganlar 10 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Hozirda shahzoda Ispaniyada karantinda saqlanmoqda. Unda koronavirusning yengil alomatlari kuzatilmoqda.

Avvalroq, Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz ham koronavirusga chalingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus Bel'giya shahzoda

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing