Yana bir katta epoxa yakunlanmoqda. Myuller Bavariyani tark etadi
Sport
−
05 aprel
2187“Bavariya” va Tomas Myuller yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmadi va mavsum yakunlangach Tomas jamoani tark etadi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Myunxenliklar tarkibida Tomas shu kungacha 492 ta o‘yin o‘tkazib, 150 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. U nemis klubida 12 karra Germaniya chempioni, 6 karra Germaniya kubogi sohibi va ikki karra Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.
35 yoshli futbolchi mavsum yakunida faoliyatini yakunlashi va faoliyatini klub boshqaruv tuzilmasida davom ettirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti”ning afsonaviy futbolchisi Kevin de Bryuyne mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi
Trenddagilar

“Abdulloh” nomi bilan tanilgan bloger qamoqqa olindi (video)
48314
09 aprel

Rus matbuoti Jalolovni tanqid qildi
41938
08 aprel

1 maydan “svet” uchun yangi tarif joriy etiladi
30139
09 aprel

Qozog‘iston Prezidenti shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi
25435
09 aprel