Yana bir katta epoxa yakunlanmoqda. Myuller Bavariyani tark etadi
Sport
−
05 aprel 3749 1 daqiqa
“Bavariya” va Tomas Myuller yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmadi va mavsum yakunlangach Tomas jamoani tark etadi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.
Myunxenliklar tarkibida Tomas shu kungacha 492 ta o‘yin o‘tkazib, 150 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. U nemis klubida 12 karra Germaniya chempioni, 6 karra Germaniya kubogi sohibi va ikki karra Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.
35 yoshli futbolchi mavsum yakunida faoliyatini yakunlashi va faoliyatini klub boshqaruv tuzilmasida davom ettirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Siti”ning afsonaviy futbolchisi Kevin de Bryuyne mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgandi.