Yana bir futbolchi Osiyo kubogida O‘zbekistonga yordam bera olmaydi

Sport

image

Ayni kunlarda futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogining 1/4 finali doirasida Qatarga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mazkur bahsda “oq bo‘rilar”ning himoyachisi Sherzod Nasrullayev jamoadoshlariga yordam bera olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Nasrullayevning jarohatdan to‘liq tiklanishi qiyin kechmoqda va u turnirda ishtirokini davom ettira olmaydi. Tibbiy shtab, murabbiylar, klubdagi shifokorlar bilan maslahatlashgan holda Nasrullayevning muolajalarni O‘zbekistonda davom ettirishiga ruxsat berildi.

Shuningdek, Otabek Shukurov hamda Umar Eshmurodov respirator kasallik natijasida biroz betobligi sabab so‘nggi mashg‘ulotda ishtirok eta olmagan. Shifokorlar ikkala futbolchi ham bo‘lajak o‘yinga qadar tuzalib, safga qaytishini ma’lum qildi.

Igor Sergeyev O‘FA taklifiga ko‘ra AQSHlik taniqli jarroh doktor Zikria Bashir tomonidan “Aspetar” klinikasida operatsiya qilindi. Shifokorlarning dastlabki taxminlariga ko‘ra, futbolchi to‘liq tiklanishi uchun 8 oy atrofida vaqt talab etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Shukurov Osiyo kubogi Sherzod Nasrullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made