Yana bir davlatda koronavirus sabab masjidlar yopiladi

Olam

image
Qozog‘istonda ikki fuqaroda koronavirus aniqlandi north_east

Qozog‘istonda ikki fuqaroda koronavirus aniqlandi

Singapur koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida barcha masjidlarni kamida besh kunga yopib qo‘yadi. Bu haqda kecha, 12 mart kuni Singapur Diniy kengashi ma’lum qildi.

Diniy kengash masjidlarni yopish haqidagi qaror bugun, 13 mart kuni kuchga kirishinima’lum qilgan. Bir kun avval Malayziyada bo‘lib o‘tgan diniy konferensiya uch malayziyalikni koronavirus yuqtirib olgani bunga sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatda kecha, 12 mart kuni yangi koronavirus bilan bog‘liq uch holat aniqlandi. Aytilishicha,aniqlangan holatlarning ikkitasi diniy konferensiyada ishtirok etgan odamlar bilan bog‘liq.

Hozirgacha Singapurda yangi virus bilan bog‘liq 187 ta holat aniqlangan. Bemorlarning faqat 12 nafari og‘ir ahvolda. 96 nafari esa bu kasallikdan shifo topgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 135 805 nafarga yetgan. Bu kasallik tufayli 4 990 kishi vafot etgan. Bemorlardan 5 759  nafari yoki 10 foizining ahvoli og‘ir. Shu kungacha kasallikni yuqtirganlarning 70 427 nafari bu virusdan forig‘ bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Singapur Koronavirus Masjidlar

Baholaganlar

115

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing