Yana bir davlatda Hayit namozini masjidlarda o‘qish bekor qilindi

Olam

image

Tojikistonda bu yil muqaddas Ramazon oyining tugashi munosabati bilan jamoat bo‘lib Hayit namozini o‘qish bekor qilindi. Bu haqda bugun, 18 may kuni Tojikiston din qo‘mitasi ma’lum qildi.

“Koronavirus tufayli mamlakatda Ramazon hayiti uchun jamoat namozi bo‘lmaydi. Respublika din peshvolari shunday qaror qabul qilishdi. Shuningdek, onlayn ibodat ham bo‘lmaydi, chunki u Hanafiy mazhabiga xos emas“, deydi Tojikiston diniy qo‘mitasi vakili Afshin Muqim.

U mamlakat ulamolar kengashining rahbari Hanafiy mazhabiga ko‘ra musulmonlar Ramazon hayitida jamoaviy namoz o‘qish bir joyda to‘planish kerakligini va onlayn namoz jamoat namozi hisoblanmasligini qo‘shimcha qildi.

“Hayit bayramining aniq sanasiga kelsak, u rasmiy tarzda 20 may kuni e’lon qilinadi. Bayram 24 may kuni bo‘lishi mo‘ljallangan“, deydi Afshin Muqim.

Tojikistonning “Bayramlar to‘g‘risida“ qonuniga binoan, mamlakatda muqaddas Ramazon oyining tugashini nishonlash kuni dam olish kuni deb e’lon qilingan.

Avvalroq, Moskvada Ramazon hayitining namozini masjidda o‘qish bekor qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Ramazon hayiti

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing