Yana bir davlat Ukrainaga raketaga qarshi qurol berishini e’lon qildi
Olam
−
11 Oktabr 2022
15097Germaniya Ukrainaga bir necha kun ichida avval va’da qilingan to‘rtta zamonaviy o‘rta masofaga mo‘ljallangan IRIS-T SLM Infra Red Imaging System Tail havo mudofaa tizimidan birinchisini yetkazib beradi. Bu haqda Germaniya Mudofaa vaziri Kristin Lambrext bayonot berdi. Keyinroq qolgan uchta havo mudofaasi Kiyevga yuboriladi.
“Kiyev va boshqa ko‘plab shaharlarga raketa hujumlari havo hujumidan mudofaa tizimlarini Ukrainaga tezda yetkazib berish qanchalik muhimligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Yaqin kunlarda IRIS-T SLM to‘rtta zamonaviy havo mudofaa tizimidan birinchisi Ukraina aholisini samarali himoya qilishga tayyor bo‘ladi”, deydi Germaniya Mudofaa vaziri.
Joriy yilning 9 oktyabr kuni Ukrainaga navbatdagi harbiy yordam paketi doirasida Germaniya hukumati Kiyevga umumiy qiymati 11 million yevro bo‘lgan qishki harbiy texnika yetkazib berishga va’da berdi. IRIS-T havo mudofaa tizimidan tashqari, Lambrext Gretsiya va Slovakiyadan 100 ta tank yetkazib berilishini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya bugun, 10 oktyabr kuni Kiyev, Dnepr va Ukrainaning boshqa bir qator shaharlarini kuchli raketa zarbalariga duchor qildi. Ukraina butun mamlakat bo‘ylab havo ogohlantirishini e’lon qildi. Kiyevda, shuningdek, Ukrainaning boshqa hududlarida, jumladan Dnepr viloyati, Odessa va Xarkovda ertalab bir qator portlashlar sodir bo‘ldi.
Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Rostislav Smirnovning aytishicha, kamida 14 kishi halok bo‘lgan, 60 ga yaqin kishi jarohatlangan. Portlash oqibatida oltita avtomobil vayron bo‘lgan, yana 15 tasi zarar ko‘rgan. Mahalliy Telegram kanallari xabariga ko‘ra, portlashlar Ukraina xavfsizlik xizmati ma’muriyati binosi hududida, shuningdek, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning Volodimirska ko‘chasidagi kabinetlaridan birida sodir bo‘lgan. Kiyev metrosida qizil chiziqda poyezdlar harakati to‘xtatildi, barcha yerosti stansiyalari boshpana sifatida ishlaydi.
Hujum ortidan AQSH Jo Bayden Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari yetkazib berilishiga va’da berdi.
LiveBarchasi