Yana bir davlat Isroil bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

Olam

image

Isroil va Butan Qirolligi munosabatlarni me’yorlashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlik ikki mamlakat o‘rtasida keng ko‘lamli diplomatik aloqalar to‘g‘risida bitim imzolanganini e’lon qildi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Twitter'dagi o‘z sahifasida davlatlar o‘rtasida munosabatlar o‘rnatilishini mamnuniyat bilan sharafladi.

"Bitim – tinchlik shartnomalarining yana bir mevasi", deya ta’kidladi u.

Bosh vazirga ko‘ra, Isroil tomoni rasmiy Quddus bilan yaqin bo‘lishni istagan boshqa davlatlar bilan ham mustahkam aloqa o‘rnatishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezdenti Donald Tramp Marokash va Isroil o‘rtasida diplomatik aloqa o‘rnatilganini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Butan

Baholaganlar

113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing