Yana bir davlat Alisher Usmonovning aktivlarini muzlatmoqchi

Olam

image

Italiya sudi milliarder Alisher Usmonovning 80 million yevrodan ortiq miqdordagi aktivlarini muzlatish haqidagi qarorni Yevropa sudiga taqdim etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi

G‘arbning badavlat rossiyaliklarga qarshi choralari doirasida Italiya politsiyasi Sardiniya orolidagi po‘lat va telekommunikatsiya magnati Alisher Usmonovga tegishli villani, shuningdek, ko‘chmas mulk va hashamatli avtomobillarga ega bo‘lgan yana oltita firmani qo‘lga oldi.

Ish bo‘yicha asosiy ayblanuvchilar – “Sardegna Servizi”, “Delemar”, “Punta Capaccia” va “Machina” Rim ma’muriy sudiga murojaat qilib, firmalar Usmonov tomonidan ochilgani, ammo ayni paytda milliarder tomonidan emas, balki “Pauillac Property Ltd” tomonidan nazorat qilinayotganini bildirgan.

Ularning ta’kidlashicha, Usmonov hibsga olingan aktivlarni nazorat qilish va boshqarish imkoniyatiga ega emas. Unga ko‘ra, Rim sudi Yevropa qoidalariga bo‘ysunib, endi jinoyatchi bo‘lmagan shaxsga nisbatan muzlatish qo‘llanilishi mumkin yoki mumkin emasligini tekshirish uchun Lyuksemburg sudiga hujjatlarni taqdim etadi.

Yevropa Ittifoqi tribunalining javobini kutib, italiyalik sudyalar ishni ko‘rib chiqishni to‘xtatishga qaror qilgan. Apellyatsiya bergan kompaniyalarning advokatlari qarorga izoh bermagan. 

O‘tgan yildan beri Italiya mamlakatga dam olish uchun muntazam boradigan va ko‘plab nufuzli joylarda mulk sotib oladigan badavlat rossiyaliklardan 2 milliard yevrodan ortiq ko‘chmas mulk, villalar va yaxtalarni musodara qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya hukumati tadbirkor Alisher Usmonovga aloqador Rossiyaning “USM Holdings Limited” kompaniyasini qora ro‘yxatga kiritgan edi. Shuningdek, AQSH ham Alisher Usmonovga sanksiya e’lon qilgan edi. AQSH “qora ro‘yhat”iga Usmonovga aloqador bo‘lgan O‘zbekistondagi “Ohangaron sement” aksiyadorlik jamiyati ham kiritilgandi


Maqola muallifi

Teglar

Alisher Usmonov Italiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing