Kannavaro terma jamoadan ketişi haqidagi xabarlarga izoh berdi
Sport
−
17:58 1134 2 daqiqa
Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro terma jamoadan ketiş niyatida ekanligi haqidagi miş mişlar, Italiya terma jamoasini boşqariş orzusi, ÖFA bilan munosabatlari va şartnomasi borasidagi rejalari haqida gapirdi. Bu haqda u Rossiya terma jamoasiga qarşi örtoqlik uçraşuvi oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida aytib ötdi.
“Har bir italiyalikning orzusi – Italiya terma jamoasida işlaş. Bu faqat mening orzuim emas. Lekin men har kuni ertalab uyğonganimda, 24 soat davomida bor e’tiborimni Özbekiston terma jamoasiga qaratişni öylayman. Men professional insonman. Menimça, Italiya terma jamoasini boşqariş haqida öylaş tabiiy, çunki umrimning 20 yili Italiya terma jamoasida ötgan. Ammo Özbekistonda işlayotgan ekanman, bor fikru xayolim şu yerda böladi.
Meksika va Şimoliy Amerika agentliklari bilan heç qanday şartnoma yöq. Buni şunçaki ommaviy axborot vositalari tarqatgan bölişi mumkin”, deydi Kannavaro.
Şuningdek, murabbiy ÖFA bilan munosabatlari yaxşi ekanini va Osiyo kubogi oldidan şartnoma masalasida kelişuvga erişiş böyiça gaplaşib olişlarini ta’kidladi.
“Hozir ÖFA bilan munosabatlarimiz yaxşi. Ular bilan ötirib, gaplaşib olamiz. Mening şartnomam 2027 yil oktyabr oyida tugaydi. Dekabr oyida esa Osiyo kubogi bölib ötadi. Bu masala böyiça gaplaşamiz, heç qanday muammo yöq.
Pozitiv böliş kerak. Bizda ajoyib futbolçilar, köplab yoş öyinçilar bor. Ertangi öyinda ob-havo biroz sovuqroq, yaxşi infratuzilmamiz ham bor. Şu sababli hayotga pozitiv qaraş kerak”, deydi murabbiy.
Ma’lumot uçun, Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvi ertaga, 12 noyabr kuni Toşkentdagi “Paxtakor” stadionida bölib ötadi. Uçraşuv soat 20:00 da boşlanadi.
Mazkur bahs natijasi FIFA reytingida ham hisobga olinadi. Ayni paytda Rossiya terma jamoasi reytingda 35-örinni, Özbekiston esa 59-örinni egallab turibdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Valeriy Nepomnyaşiy Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasida keçadigan bölajak örtoqlik uçraşuvida özbekistonliklarni favorit deb aytgandi.
Live
Barchasi