Yana bir bokschi Olimpiada bilan xayrlashdi

Sport

image

Boks bo‘yicha -75 kg vazn toifasida Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston vakili Fanat Qahramonov nimchorak finalda qozog‘istonlik bokschi Abilxan Amanqulga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Birinchi raundda ustunlikka erishgan Qahramonov qolgan raundlarda tashabbusni boy berdi. 

Bunga qadar ham ikki charmqo‘lqop ustasi bir-biriga qarshi jang o‘tkazgan. 2020 yilning mart oyida Iordaniya poytaxti Amman shahrida o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi turnirning chorak finalida Abilxan Amanqul g‘alaba qozongan.

Fanat Qahramonov ilk bosqichda gruziyalik Giorgi Xarabadzega qarshi ringga ko‘tarilib, texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. 

Ma’lumot o‘rnida, bugun g‘alaba qozongan Abilxan Amanqul joriy yilning may oyida o‘tkazilgan Osiyo chempionatining finalida boshqa bir o‘zbek bokschisi Saidjamshid Jafarovga imkoniyatni boy bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Boks Tokio-2020 Fanat Qahramonov

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing