Yana bir amerikalik bokschi Rossiya fuqaroligini olmoqchi
Sport
−
28 fevral
4313Amerikalik bokschi Deandre Seveyj rossiyalik Dmitriy Kudryashov bilan jangdan keyin Rossiya fuqarosiga aylanishi mumkin. Bu haqda TASS xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Rossiya Davlat Dumasining Belgorod viloyatidan saylangan deputati Nikita Rumyansev Rossiya fuqaroligini olish istagini bildirgan Seveyjni ro‘yxatga olishda zarur yordam ko‘rsatishga tayyor.
Kudryashov va Seveyj o‘rtasidagi jang 2 mart kuni Belgorod viloyatining Gubkin shahrida bo‘lib o‘tadi.
33 yoshli Seveyjning hisobida 4 ta g‘alaba mavjud. Amerikalik barcha janglarni muddatidan oldin yakunlab, nokaut evaziga g‘alaba qozongan. Kudryashov 38 yoshda, u 26 ta g‘alaba (25 tasi nokaut bilan) va 6 ta mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi boshida AQSHda tug‘ilgan 44 yoshli bokschi Kevin Jonson Rossiya fuqaroligini olgan edi.
LiveBarchasi