Taniqli amerikalik bokschi Putinning “o‘g‘li”ga aylandi
Sport
−
09 yanvar
27152Amerikalik taniqli bokschi Kevin Jonson Rossiya fuqaroligini oldi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tegishli farmoni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
Jonson 2023 yil sentyabrda Rossiya fuqaroligi uchun ariza bergan. Sportchi Samarada yashashni xohlagani uchun ushbu qarorga kelgani aytilmoqda. Keyinchalik Jonsonning Samarada uy-joy olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirgani ham ma’lum bo‘ldi.
Qayd etilishicha, bokschi Putin sharafiga Vladimirovich sharifini tanlagan.
Ma’lumot uchun, Jonson 44 yoshda, u professional ringda 60 ta jang o‘tkazgan, shulardan 36 tasida g‘alaba qozongan (20 tasi nokaut bilan), 22 tasida mag‘lubiyatga uchragan, 2 ta jang durang bilan yakunlangan. 2009 yil dekabr oyida amerikalik bokschi Jahon boks kengashining og‘ir vazn toifasidagi chempionlik unvoni uchun jangda ukrainalik Vitaliy Klichkoga yutqazdi. Ukrainalik sportchi esa o‘z faoliyatidagi 39-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 2017 yilda Jonson italiyalik Franchesko Pianetani texnik nokaut bilan mag‘lub etib, Xalqaro boks tashkiloti talqiniga ko‘ra chempion unvonini qo‘lga kiritdi, biroq keyingi yili xorvatiyalik Petar Milasga texnik nokaut bilan yutqazib, kamarni himoya qila olmadi.
LiveBarchasi